Polvonlarimiz shohsupaga ko‘tarildi
Rossiyada yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik polvonlar keskin va murosasiz kurashlarda bitta kumush va uchta bronza medalga ega chiqdi.
98 kilogramm vazn toifasida kurashgan Osiyo chempioni Rustam Assakalov finalgacha bo‘lgan bellashuvlarda barcha raqibolarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq, hal qiluvchi bahsda raqibiga imkoniyatni boy bergan hamyurtimiz kumush medalga loyiq ko‘rildi.
Iste’dodli yosh kurashchilarimizdan Ilhom Bahromov (59 kg), Aram Vardanyan (66 kg) va Mo‘minjon Abdullaev bronza medal bilan taqdirlandi.

Fikrlar