Professional bokschimiz Botirsher Obidov bugun 25 yoshini qarshilamoqda
Professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bokschilarimizdan biri Botirsher Obidov bugun o‘zning tavallud ayyomini nishonlamoqda.
24 yoshli Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi professional ringdagi ilk jangini 2015 yilning 27 fevralida boshlagan va o‘shanda Yoglis Duvengirni mag‘lubiyatga uchratgan.

Shundan so‘ng bokschimiz yana 7 ta jang o‘tkazib, 5 g‘alaba va bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etdi. U so‘nggi marta o‘tgan yilning 11 noyabrida ringga chiqib, Las-Vegasdagi T-Mobile Arena majmuasida ringga chiqqan.
Biz bokschimizni bugungi ayyom bilan muborakbod etib, navbatdagi janglarida g‘alabalar tilab qolamiz.


Izohlar (0)