Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Professional bokschimiz Ulug‘bek Xolov bugun ringga ko‘tariladi

Shahobiddin
Izohlar: 0

Professional bokschimiz Ulug‘bek Xolov o‘zining navbatdagi jangini bugun Janubiy Osetiyaning Tsxinval shahrida o‘tkazadi.

Mazkur boks oqshomida hamyurtimizga mezbonlar vakili Soslan Tedeevga raqiblik qiladi. Jang 61 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek shu vaqtga qadar professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, bularning barchasida g‘alaba nashidasini surgan. Shuningdek, uch bora raqiblarini muddatidan oldin ringni tark etishga majbur qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q