Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Qo‘l jangi ustalari Toshkentda bellashadi

Izohlar: 0
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida 6-8 dekabr kunlari qo‘l jangi bo‘yicha maxsus qismlarning xizmat burchini o‘tash chog‘ida vafot etgan xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlari hamda mamlakatimiz qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan o‘n beshinchi marotaba tashkil etilgan ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Ukraina hamda Tojikistondan kelgan 300 nafarga yaqin professional va havaskor sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tishi kutilayotgan xalqaro turnirga barcha jurnalist va muxlislar taklif etiladi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q