Rafael Nadal: Rishar Gaske bolaligimizda mendan ham zo‘r edi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal frantsiyalik Rishar Gaskeni faoliyati davomida 500-g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Bu ajoyib natija. Gaske juda yaxshi va oliy janob tennischi. Turnirda u bilan ko‘rishish, yoki o‘ynash menga zavq bag‘ishlaydi. Biz birga o‘sdik. Bolaligimizda u mendan yazshi o‘ynar edi.Rishar o‘sha vaqtlarda bizdan yoshi kattalarga qarshi ajoyib o‘ynar edi.
Uning barcha o‘yinlarini kuzatib boraman. Men unga doimo omad yor bo‘lishini tilab qolaman" - deydi Nadal.

Fikrlar