Rafael Nadal tennis tarixiga kirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahonning sobiq birinchi raketkasi Rafael Nadal bugun “Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan Uimbldon turnirining ilk davrasida avstraliyalik Jon Millmanni 6:1, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

E’tiborlisi, bu g‘alaba ispaniyalik tennischi faoliyatida qo‘lga kiritgan 850-g‘alaba sifatida tarixda qoldi. Shu tariqa, Nadal buncha g‘alabaga erishgan ettinchi tennischi bo‘ldi.

Rafaeldan faqat Andre Agassi (870), Djon Makinroy (877), Gilermo Vilas (929), Ivan Lendl (1068), Rodjer Federer (1104) va Djimmi Konnors (1256)lar ko‘proq g‘alabaga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!