Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Ramzan Qodirov Nursulton Ro‘ziboevga avtomashina sovg‘a qildi

Izohlar: 0

Avval xabar berganimizdek aralash yakkakurashlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev o‘zining navbatdagi jangini bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazdi.

Ushbu to‘qnashuvda Nursultonga chechenistonlik Jangchuraev Axmat raqiblik qildi. Mazkur jangning 1-raundida hamyurtimiz raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan sportchimiz Nursulton Ro‘ziboevga avtomashina sovg‘a qildi.

Endi Nursulton 22 noyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “WEF GLOBAL 10” turnirida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga yo‘l oladi. Mazkur musobaqada u mezbonlar vakili Erbolot Omorzakov bilan kuch sinashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q