Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Raqib bokschimiz oldida bosh egdi (foto)

Izohlar: 0
Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida to‘rt nafar bokschimiz - Abdumalik Xalakov, Saidjamshid Ja’farov, Farrux Ilhomov va Temur Ergashev yarim finalga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan yana to‘rtnafar bokschimiz chorak final janglarida g‘alaba qozondi. O‘smirlar o‘rtasida jahon va qit’a chempioni - Bilolbek Mirzarahimov eronlik Ashkan Rashidni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Samandar Xolmurodov esa kuchli zarba bilan indoneziyalik FVaxyu Firmansyaxni ikkinchi raundda nokautga tushirdi.

Rajabboy Otaniyozov Janubiy Koreya vakili Bae Syong Xyun ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi.

Og‘ir vaznli bokschimiz Profsor Rorimsha eronlik Sayyid Sajad Musaviyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Afsuski, Zoir Jumanazarov yarim final yo‘llanmasini qozog‘istonlik Baxtiyor Smagulovga boy berdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q