Revansh jang uchun muzokaralar boshlandi
Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylder ushbu titulning sobiq sohibi Bermeyn Stivernga qarshi revansh jangini o‘tkazish uchun muzokaralarga kirishdi, deya xabar beradi Boxingscene.
Har ikki bokschining vakillari bugundan muzokaralarga kirishishlari kerak va bu bu masala bir oy ichida hal qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Agar tomonlar kelisha olishmasa, jangni tashkil qilish promouterlik kompaniyalariga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Uaylder o‘zining navbatdagi jangini Jerald Vashingtonga qarshi o‘tkazib, beshinchi raunddayoq raqibini ringga qulatdi.
#WilderWashington pic.twitter.com/xVPPec1NJq
— Yuri Tarantin (@YuriTarantin) 26 fevralya 2017 g.

Izohlar (0)