Rojer Federer bugun Londonda o‘ynaydi
Bugun Angliyaning London shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan yakuniy turnirning ilk bahslari o‘tkazilinadi.
19 noyabrgacha davom etadigan musobaqaning sovrin jamg‘armasi 8.000.000 AQSh dollari bo‘lib, uchrashuvlar yopiq rezina qoplamali kortda o‘tadi.
Turnirning bugingi bahslarida shveytsariyalik Rojer Federer AQSh vakili Jek Sok bilan raqoblashsa, germaniyalik Aleksandr Zverev xorvatiyalik Marin Chilichni sinovdan o‘tkazadi.


Izohlar (0)