Rojer Federer kurashni davom ettiradi
Zohir2018
Rojer Federerning maqsadi jiddiyga o‘xshaydi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tayotgan musobaqaning yarim finaliga chiqdi.
Rojer turnirning chorak finalida vengriyalik Marton Fuchovichni dastlabki setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa "Dubai Duty Free Tennis Championships"ning 1/2 final bosqichiga yo‘l olgan Federer, endi xorvatiyalik Born Chorich, yoki gruziyalik Nikoloz Basilashvili bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)