Rojer Federer va nihoyat kortga chiqdi
Shveytsariyalik Rojer Federer Tsintsinatti shahrida o‘tayotgan "Masters" turnirining ikkinchi davrasida g‘alaba qozondi.
U ushbu bosqichda germaniyalik Peter Goyovchikni har ikkala setda bir xil 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Federera "Western & Southern Open" turnirining uchinchi davrasida argentinalik Leonardo Mayerga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar