Rus go‘zali kortga qaytdi
Rossiyalik Margarita Gasparyan 2016 yilning mart oyidan beri jarohat olgani bois, musobaqalarda ishtirok eta olmayotgan edi.
Margarita BAAning Dubay shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro turnirda joriy yilgi mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
Sovrin jamg‘armasi 100.000 AQSh dollari bo‘lgan turnirda Gasparyan frantsiyalik Amandin Xesseni 3:6, 7:5, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u ikkinchi bosqichda Anastasiya Gasanovaga qarshi kortga chiqadi.


Izohlar (0)