Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Sabina Germaniyada irodasini namoyish etdi

Izohlar: 0

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekistonning birinchi  raketkasi Sabina Sharipova ITF taqvimidan o‘rin olgan Germaniyaning Vermshold shahrida o‘tadigan “Reinert Open” turnirida ishtirok etmoqda. Bugun hamyurtimiz ilk davrada mezbon tennischisi Katerina Gerlax raqiblik qildi.

1 soat 43 daqiqa davom etgan bahsning ilk setida Sabina 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq keyingi ikki setda ustunlikni o‘z tomoniga og‘dira olgan Sharipova o‘zining irodasini namoyish etdi va 3:6, 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi davraga yo‘l oldi.

Ikkinchi davrada tennischimizga yaponiyalik Misa Eguchi raqiblik qiladi. Mazkur o‘yin ertaga bizning vaqt bilan soat 17.30 da start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q