Sabina va Nigina bosh sovringa intilmoqda
Farg‘onada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirining juftlik bellashuvlarida Sabina Sharipova va Nigina Abduraimova o‘z sheriklari bilan g‘alabaga erishdi.
Rossiyalik Kseniya Likina bilan birinchi raqamli duetni tashkil qilgan Sabina dastlabki uchrashuvda gretsiyalik Despina Papamichail va ukrainalik Valeriya Straxovani 6:2, 3:6, 10:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Nigina esa rossiyalik Anastasiya Frolova bilan hamkorlikda hindistonlik raketka ustalari - Prerna Bhambri vaNatasha Palxa ustidan 7:5, 6:0 hisobida ustun keldi.

Izohlar (0)