Sabina va Niginaga ko‘z tegdimi?
Andijonda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda mamlakatimizning eng kuchli tennischilari - Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimova ilk uchrashuvdayoq mag‘lubiyatini tan oldi.
Birinchi raqamda saralangan Sabina Sharipova gruziyalik Mariam Bolkvadzega qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning birinchi setida 2:6, hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi setda 0:3 hisobida ortda qolayotgan hamyurtimiz kurashni davom ettirmadi.
Nigina Abduraimova esa rossiyalik Anastasiya Frolova bilan kuch sinashib, 4:6, 4:6 hisobida yutqazdi.
Garchi etakchi tennischilarimiz mag‘lubiyatga yuz tutgan bo‘lsa-da, uch nafar hamyurtimiz g‘alabaga erishdi. Tajribali Oqgul Omonmurodova belaruslik Anna Kubaryovani 6:4, 6:4 hisobida engdi.
Kamola Umarova keskin va murosasiz bahsda hindistonlik Druti Tatachar Venugopaldan 6:4, 7:6 hisobida ustun keldi. Arina Folts rossiyalik Anastasiya Tarasovani 6:4, 1:6, 6: hisobida engib, musobaqadan chiqarib yubordi.
SPORTS.uz

Izohlar (0)