Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Sabina va uning sherigi endi raqiblarga aylanishdi

Izohlar: 0

Xitoyning Guiyang shahrida davom etayotgan mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etadigan turnir o‘z poyoniga etib bormoqda. 

Bugun musobaqaning yakkalik bahslarida yarim final o‘yinlari o‘tkazildi. Hamyurtimiz Sabina Sharipova saralashdan chiqqan xitoylik Janlan Vei ustidan 6:3, 6:1 hisobida ustun keldi. Tennischimiz bunga erishishi uchun kortda 1 soat 11 daqiqa harakat qildi.

Endi unga finalda belaruslik Lidziya Marozava raqibalik qiladi. E’tiborlisi, ushbu ikkovlon kecha juftlik bahslarida g‘oliblikka erishgan edilar.

Endi esa ular o‘zaro raqiblarga aylandilar. Ushbu o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 7.00 start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q