Saida’lodan bir kunda ikki g‘alaba
Qatarda tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumidagi xalqaro turnirda qatnashayotgan hamyurtimiz Saida’lo Saidkarimov yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Saralash o‘yinlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Saida’lo Saidkarimov asosiy to‘rdagi dastlabki uchrashuvini Norvegiya vakili Tomas Lingega qarshi o‘tkazdi. Dastlabki setdan hujumkor o‘yin namoyish etgan hamyurtimiz raqibini 6:0, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Juftlik bellashuvlarida qatarlik Muhammad Ali Mutava bilan birga o‘ynayotgan Saida’lo Saidkarimov birinchi uchrashuvda kanadalik Anas Lamraniy va kolumbiyalik Xuan David Ramiresdan 6:2, 6:1 hisobida ustun keldi.


Izohlar (0)