
Sanjar Fayziev Rossiyada finalga yo‘l oldi
Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirining yakkalik bahslarida hayurtimiz Sanjar Fayziev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Turnirning yarim finalida C.Fayziev rossilyalik Evgeniy Tyurnevga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuv 6:3, 6:7, 7:6 hisobida Sanjar foydasiga hal bo‘ldi.
S.Fayzievning so‘nggi hal qiluvchi final bahsidagi raqibi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar