Sanjar bir turnirda ikkinchi sovrinni qo‘lga kirita oladimi?

  • 29 aprel, 2017, 11:55
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turnirida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Sanjar Fayziev juftlik bellashuvlarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno
 

Qozog‘istonlik Temur Xabibulin bilan birga o‘ynagan Sanjar final uchrashuvida hindistonlik tennischilar Shriram Balaji hamda Vishnu Vikram bilan raqobatlashdi.

Uchrashuvda 7:6, 6:3 hisobida zafar quchgan Sandar va Temur musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Sanjar Fayziev "Fyuchers" turnirining yakkalik bahslarida ham bosh sovrin uchun o‘ynaydigan bo‘ldi.

Sanjar eng kuchli tennischini dog‘da qoldirdi

Yarim finalda estoniyalik Vladimir Ivanovni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan o‘zbekistonlik raketka ustasi hal qiluvchi bellashuvda belaruslik Egor Gerasimov bilan bellashadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!