Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Sanjar nega kurashmadi?

Izohlar: 0
Qatarda o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turnirida Sanjar Fayziev ishtirokini chorak finalda to‘xtatdi.
Tajribali tennischimiz dastlabki ikki uchrashuvda Mirko Kutuli va Sezar Testonini mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqqan edi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan bellashuvda hamyurtimiz frantsiyalik Metyu Royga qarshi kortga chiqdi. Biroq birinchi chetda 1:5 hisobida ortda qolayotgan o‘zbekistonlik tennischi kurashni davom ettirmasligini bildirdi.
Shu tariqa, Sanjar turnirni erta tark etdi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q