Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Shahram G‘iyosov bugun "Uembli"da jang qiladi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Hamyurtimizga omad tilaymiz.

Avval xabar berganimizdek ayni paytda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov bugun Londondagi afsonaviy "Uembli" stadionida navbatdagi reyting jangida ringga ko‘tariladi.

Bugun hamyurtimizga nikaragualik bokschi Xulio Laguna raqiblik qiladi. Eslatib o‘tish lozimki, Shahram G‘iyosov ayni paytgacha professional ringda to‘rt marta jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. E’tiborlisi, shulardan 3tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan. Laguna esa 14ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Ma’lumot uchun, ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlab "UzReport" telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q