Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Sharipova “US Open”da ishtirok etadi

Izohlar: 0

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open” turnirida ishtirok etadi.

Hamyurtimiz AQSh ochiq chempionatidagi yurishini  saralash bosqichidan boshlaydi.

Bu bosqichda tennischimizga janubiy koreyalik Chan Su Jon raqiblik qiladi. Qayd etish joiz, Sabina WTA reytingida 158-o‘rinda, raqibasi esa 142-o‘rinda bormoqda.

Ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q