Sharipova chorak finalda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonning birinchi  raketkasi Sabina Sharipova ITF taqvimidan o‘rin olgan Germaniyaning Vermshold shahrida o‘tadigan “Reinert Open” turnirida ishtirok etmoqda. Kecha hamyurtimiz ilk davrada mezbon tennischisi Katerina Gerlaxni mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.

Oqgul Moskvada sovrin uchun kurashni davom ettiradi!

Sovrin jamg‘armasi 60 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning ikkinchi davrasida Sabinaga yaponiyalik Misa Eguchi raqiblik qildi.

Hozirgina yakuniga etgan mazkur o‘yinda Sharipova 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqdi. Endi Sabina bu bosqichda chexiyalik Anastasiya Zaritsaga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!