Shunqor nemis bokschisiga dars berdi
Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Shunqor Abdurasulov muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlamoqda. a’zolari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
56 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqayotgan Shunqor Abdurasulov musobaqaga ikkinchi davradan qo‘shilib, dastlabki jangida italiyalik Matteo Pirrerani 5:0 hisobida enggan edi.
Shunqor navbatdagi jangini germaniyalik Andreas Yagerga qarshi o‘tkazdi. Bellashuv davomida evropalik bokschi Shunqorning tezkor zarbalaridan etarlicha himoyalana olmadi va uchrashuvni 0:5 hisobida o‘zbek yigitiga boy berdi.
Shunqor Abdurasulov chorak final uchrashuvini xitoylik Jianming Zengga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.


Izohlar (0)