Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Simona Xalep Sidneyga etib keldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Simona Xalep yangi mavsumdagi ilk turnirini tez orada boshlaydi

Joriy yilning 7-12 yanvar kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan "Premier" turkumiga kiruvchi  "Sydney International" turniri o‘tkaziladi.

Ruminiyalik dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep sovrin jamg‘armasi 823.000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun  Sidneyga etib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Xalep sentyabr oyidan beri hali musobaqalarda ishtirok etmadi. U so‘nggi bora Pekin shahrida o‘tgan musobaqada qatnashib, umurtqasidan jarohat olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q