Simona Xalep yana barchani dog‘da qoldirdi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTAning matbuot xizmati 2017 yilda tuproq(grunt) qoplamali kortlarda o‘tkazilgan turnirlarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan tennischilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra ruminiyalik Simona Xalep (85,7%) bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin (83,3%) to‘plagan ukrainalik Elina Svitolinaga nasib qildi. Gollandiyalik Kiki Bertens va latviyalik Elena Ostapenko (80%) esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Eng ko‘p g‘alaba va mag‘lubiyatlar hisobi bo‘yicha Kiki Bertens (24 - 6) birinchi, Simona Xalep (18 - 3) ikkinchi, Elena Ostapenko (16 - 4) uchinchi pog‘onalardan joy oldi.
Shuningdek, mazkur musobaqalarda Simona Xalep 3070 ochko to‘plab barchani ortda qoldirgan bo‘lsa, Elena Ostapenko 2430 ochko bilan ikkinchi, Elina Svitolina esa 1620 ochko bilan uchinchi bo‘ldi.

Izohlar (0)