Superjangda ikki chempion to‘qnashdi

  • 15.01.2017 19:59
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
AQShda tashkil etilgan professional boks kechasida ikkinchi o‘rta vaznda IBF chempioni, 30 yoshli britaniyalik Jeyms Digeyl (23-1, 14KO) va WBC yo‘nalishining 33 yoshli shvetsiyalik chempioni Badu Jek (20-1-2, 12KO) kamarlarni birlashtiruvchi jang o‘tkazdi.
12 raundlik chempionlik jangining birinchi yarmi Digeyl ustunligida o‘tdi va to‘rtinchi raundda u raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi. Biroq jang o‘rtalariga borib britaniyalik bokschining harakatlari sekinlashdi. Badu Jek bundan unumli foydalanib, ustunlikni o‘z tomoniga og‘dira oldi. Hatto so‘nggi raundda Digeyl nokdaunga tushib qoldi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda durang natija qayd etildi va har ikki bokschi o‘ziga tegishli kamarni saqlab qoldi.
Jangdan so‘ng Jekning promouteri Floyd Meyvezer agar Digeyl revansh jangini o‘tkazmoqchi bo‘lsa vaznini oshirishi kerakligini, chunki bundan keyin shvetsiyalik bokschi yarim og‘ir vaznda ringga chiqishini ma’lum qildi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!