TOP-10. Germaniya chempionati to‘purarlari

  • 26 dekabr, 2016, 22:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO



Germaniya Bundesligasidagi to‘purarlar TOP-10 taligi haqidagi maqolani e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno



 

10. Yoxannes Lyor. 381 o‘yin – 166 gol

Lyor Bundesligada faqatgina «Kyoln» tarkibida to‘p surdi. U ushbu jamoa safida 1964-1977 yillar davomida 166 ta golga mualliflik qildi. Yoxannes jamoasi bilan bir marta chempionlikni qo‘lga kiritib, bir bora chempionat to‘purariga aylandi. Lyor «Kyoln»ning Bundesligadagi mutloq to‘puraridir.

9. Klaus Allofs. 424 o‘yin – 177 gol

Affols 1975-1993 yillar oralig‘ida Dyusseldorfning «Fortuna», «Kyoln» va «Verder» jamoalari safida chempionat bahslarida 177 gol kiritishni uddasidan chiqqan. Klaus bir martagina chempion bo‘lgan xolos. Shuningdek 2 bora Bundesliga to‘purariga atalgan sovringa ega chiqqan.

8. Diter Myuller. 301 o‘yin – 177 gol

Myullerlarning kichigi 1973-1986 yillar davomida «Kikkers», «Kyoln», «Shtutgart» va «Saarbryukken» jamoalari tarkibida 177 ta gol kiritgan. Diter 2 marta Bundesliga to‘purarligini qo‘lga kiritgan va bir marta chempionlik shoxsupasiga ko‘tarilgan.

7. Shtefan Kunts. 450 o‘yin – 179 gol

Kunts 1983-1996 yillarda «Boxum», «Yurgirden 05», «Kayzerslautern» va «Arminiya» jamoalarida chempionat bahslarida 179 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan. Shtefan bir martadan Bundesliga chempionligi va to‘purarligini qo‘lga kiritgan.

6. Ulf Kirsten. 350 o‘yin – 181 gol

Kirsten 1990-2003 yillarda «Bayer» sharafini himoya qilib, 181 marta gol muallifiga aylangan. Ulf 3 marta Bundesliga to‘purariga atalgan sovrinni o‘ziniki qilgan. Shuningdek 1 marta chempionlik shoxsupasiga ko‘tarilgan. Hujumchi «Bayer» tarixidagi eng yaxshi to‘purardir.

5. Klaudio Pisarro. 292 o‘yin – 185 gol

Pisarro 1999 yildan buyon Bundesligada «Bavariya» va «Verder» safida 185 marta raqib posbonlarini ranjitgan. Klaudio Myunxenliklar bilan 5 marta Germaniya chempioni bo‘ldi. Perulik hujumchi Bundesligada eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchidir.

4. Manfred Burgsmyuller. – 213 gol

Burgsmyuller Germaniya chempionatlarida Oberxauzenning «Rot-Vayss», «Yurgirden 05», «Borussiya» Dortmund va «Verder» jamoalari tarkibida 213 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Manfred biror marta ham Bundesliga to‘purarligini qo‘lga kiritmagan. Shunday bo‘lsa ham Germaniya chempionati to‘purarlari orasida 4-pog‘onani egallab turibdi. Shuningdek u «Borussiya» Dortmund klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hamdir.

3. Yupp Xaynkess. 310 o‘yin – 220 gol

Xaynkess Bundesligada 1965-1978 yillarda «Gannover 96» va «Borussiya» Myonxengladbax jamoalari uchun 220 ta golga mualliflik qilgan. Yupp 4 karra Germaniya chempioni bo‘lgan va 2 bora eng yaxshi to‘purarga atalgan sovrin sohibiga aylangan.

2. Klaus Fisher. 535 o‘yin – 268 gol

Bundesliganing 2-raqamli to‘purari Fisher 1968-1988 yillar davomida «Myunxen 1860», «Shalke 04», «Kyoln» va «Boxum» jamoalarida chempionatda 268 gol urgan. Shunga qaramay Klaus atigi 1 marta chempionat to‘purari bo‘lgan xolos.

1. Gerd Myuller. 427 o‘yin – 365 gol

«Millat to‘purari» Myuller 1965-1979 yillarda «Bavariya» safida chempionat bahslarida 365 ta gol kiritishni uddasidan chiqqan. Gerd 4 karra Germaniya chempioni hisoblanadi. Shuningdek u 7 marta Bundesliga to‘purariga aylanib, bu borada ham rekord o‘rnatgan.

Furqat Yusupov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!