Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Taekvondochilar Nukusda bellashdi

Izohlar: 0
Nukusda taekvondo (ITF) bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus, Taxiatosh shaharlari va Nukus tumani hamda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridan 1991-1999, 2000-2003 yillarda tug‘ilgan 110 nafar yosh sportchi o‘zaro bahslashdi.
O‘n besh vazn toifasida bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida o‘smirlar o‘rtasida nukuslik Davlatnazar Ozodboev, Bekmurza Faxriddinov, Navro‘zbek Bekturg‘anov, Alisher To‘raboev, To‘raniyoz Erniyozov, taxiatoshlik Dilmuhammad Turdimuratov, Abror Ishnazarov, Chirchiq shahridan Nikita Kim, Azil Odilov, Temur Qurbonov o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda taxiatoshlik Sevinch va Munisa Egambergenovalar, Maftuna Abdullaeva, chirchiqlik Mo‘ldir Jumaboeva, Fotima Alimova, nukuslik Dilnoza Ortiqboeva, Aynura Jo‘ldasboeva, Mehribon Nurjonova raqibalariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q