“Tashkent Challenger”. Istomin chorak finalda!
Ayni kunlarda Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenegr” turnir davom etmoqda.
Bugun mazkur musobaqaning ikkinchi davra o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bu bosqichda bosniya va gertsegovinalik Aldin Setkichga qarshi kortga chiqdi.
Istomin jahonning 170-raketkasiga qarshi kortda 1 soat 5 daqiqa harakatlandi va bu vaqt oralig‘ida 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
Quyida ikkinchi davraning qolgan bahslarida qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.
“Tashkent Challenger”. Ikkinchi davra
Denis Istomin (O‘zbekiston) – Aldin Setkich (Bosniya va Gertsegovina) 6:4, 6:1
Uladjimir Ignatik (Belarus) – Danilo Petrovich (Serbiya) 6:4, 6:2
Gillermo Garsiya-Lopes (Ispaniya) – Denis Molchanov (Ukraina) 7:5, 6:1
Vatslav Safranek (Chexiya) – Matteo Berrettini (Italiya) 6:4, 7:6
Marko Yaloveich (Chexiya) - Konstantin Kravchuk (Rossiya) 6:2, 6:4
Gleb Saxarov (Frantsiya) – Aleksandr Bublik (Qozog‘iston) 7:6, 0:6, 6:2
Kamil Majchrak (Polsha) – Yuki Bhamri (Xindiston) 6:4, 1:6, 6:4
Muhammad Safvat (Misr) – Tomas Fabbiano (Italiya) 6:3, 3:6, 6:2.

Fikrlar