"Tashkent Open": Sabina va Oqgul kurashdan chiqdi
Respublika Olimpiya zaxiralar tennis maktabida WTA turkumidan o‘rin olgan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Tashkent Open” turniri bo‘lib o‘tmoqda.
O‘n to‘qqizinchi bor o‘tkazilayotgan turnirda jahonning 20 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan 100 dan ortiq tennischilar bosh sovrin uchun kurashga kirishdilar.
Bugun asosiy to‘r bahslariga start berildi. Kun doirasidan birinchi davradan o‘rin olgan 8 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova shveytsariyalik Stefani Fyogelega qarshi kortga chiqdi. 1 soat 6 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda tennischimiz 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oqgul Omonmurodova esa ukrainalik Katerina Kozlovaga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv 41 daqiqa davom etganining o‘ziyoq, tennischilar darajasidagi farq katta ekanligini ko‘rsatib turibdi. Yakunda Oqgul 1:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi vakillarimizdan faqatgina bor umidimiz, Nigina Abduraimovadan. Nigina ertaga tongda yaponiyalik Kurumi Naraga qarshi kortga chiqadi.
Quyida bugun bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning to‘liq natijalari bilan tanishtiramiz.
“Tashkent Open”. Mukofot jamg‘armasi – 226 750 dollar
Katerina Bondarenko (Ukraina) – Anna Blinkova (Rossiya) 6:3 6:2
Vera Zvonareva (Rossiya) – Irina Begu (Rumyniya) 2:6 6:2 6:4
Polin Parmente (Frantsiya) – Risa Odzaki (Yaponiya) 6:2 6:4
Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) – Lizett Kabrera (Avstraliya) 7:6 6:2
Katerina Kozlova (Ukraina) – Oqgul Omonmurodova (O‘zbekiston) 6:1 6:0
Marketa Vondroushova (Chexiya) – Misa Eguchi (Yaponiya) 6:1 6:1
Stefani Fogel (Shveytsariya) – Sabina Sharipova (O‘zbekiston) 6:1 6:3
Denisa Allertova (Chexiya) – Yana Fett (Xorvatiya) 6:2 3:6 6:3.


Izohlar (0)