Taysonning raqibi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Avvalroq xabar berganimizdek, og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 9 iyun kuni yana professional ringga qaytishni rejalashtirgandi.
Yana faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan britaniyalik bokschi Manchesterda albaniyalik sobiq jahon chempioni Sefer Seferiga qarshi ringga chiqadi. Bu haqida Boxer nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish joizki, Seferi faoliyati davomida 23 jangda g‘alaba qozonib, (21 nokaut) 1 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
Fyuri esa 25 jangda ishtirok etib, har bahni o‘z foydasiga yakunlagan. Ma’lumot uchun, 29 yoshli bokschi oxirgi jangida Vladimir Klichkoni engib faoliyatini yakunlagan edi.
Izohlar (0)