Temur qozog‘istonlik adashini dog‘da qoldirdi
Andijonda davom etayotgan "Fyuchers" turnirida yana ikki nafar tennisyaimiz birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Mamlakatimizning eng kuchli tennischilaridan hisoblangan Temur Ismoilov dastlabki uchrashuvini qozog‘istonlik Temur Xabibulinga qarshi o‘tkazdi. O‘yin bobida raqibidan ustunligini namoyish qilgan hamyurtimiz 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Botir Sapaev ilk bahsda o‘z hamyurti Mergey Fomin bilan raqobatlashdi va raqibidan 7:5, 6:2 hisobida ustun keldi.
Musobaqaning ilk kunida Sanjar Fayziev, Pavel Tsoy va Shonig‘mat Shofayziev g‘alabalari bilan muxlislarni xursand qilgandi.

Fikrlar