Timea Babosh muhim o‘yinda g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taybey shahrida o‘tkazilayotgan “Taiwan Open – 2018” turnirida vengriyalik Timea Babosh birinchi davrada avstraliyalik Arina Rodionovaga qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvning birinchi setini 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Timea ikkinchi setda bor yo‘g‘i raqibasiga ikkita geymni boy berib qo‘ydi.

Endi u ikkinchi davrada sloveniyalik Dalila Yakupovichga qarshi kortga chiqadi. Dalila esa  ilk uchrashuvda avstraliyalik Lizett Kabreruni 6:0, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!