To‘rt bokschimiz medalni naqd qildi

  • 17.03.2017 07:36
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Evropa boks konfederatsiyasi va Ozarbayjon boks federatsiyasi hamkorligida "Buyuk ipak yo‘li - 2017" xalqaro turniri chorak final janglari yakunlandi.

 

O‘ninchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning qator mamlakatlari eng kuchli bokschilari bilan ishtirok etmoqda.

Chorak finalda qatnashgan bokschilarimizdan Iqboljon Xoldorov 64 kilogramm toifasida eronlik Dono Ismoilpurni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

69 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Fazliddin Meliboev esa Eronning yana bir bokschisi Sajad Gazimzodani katta usutnlik bilan engdi.

Bungacha Sardor Begaliev va Mironshoh Ibrohimov ham yarim finalga yo‘llanma olgan edi.

To‘rt bokschimiz yarim finalga etib kelish barobarida bronza medalni naqd qildi. Biroq ular finalga chiqish uchun kurashadi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!