Toshkent derbisida "Ardus"ning qo‘li baland keldi
Mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionat bahslari davom etmoqda.
Birinchi bosqichning 3-turi to‘rtinchi kuni doirasidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuvda Toshkent shahrining ikki jamoasi “Lokomotiv” va “Ardus” o‘zaro bahs olib borishdi.

Ushbu derbida esa "Ardus" jamoasi "Lokomotiv"ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi
Oliy liga
3-tur, 4-kun
20.01.2017
"Lokomotiv" - "Ardus" 2:5
Gollar: I.Komoljonov 35, A.Muhammadiev 38 (avt.) - E.Xoshimov 13, D.Choriev 29, D.Shavkatov 32, M.Odilov 32, A.Rahmatov 34

Fikrlar