Toshkentda kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 15 19-dekabr kunlari Toshkentning Universal sport saroyida yunon-rum, erkin kurash va ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Musobaqada barcha vazn toifasida O‘zbekistonning birinchi raqamli kurashchilari ishtiroki kutilmoqda. Chempionat mobaynida terma jamoa murabbiylar shtabi terma jamoa safiga eng munosib polvonlarni aniqlab olishadi.
Chempionat bahslarida ishtirok etish uchun respublikamizning barcha viloyatlaridan umumiy hisobda 400 nafar sportchi qatnashmoqda. Musobaqaning ilk ikki kunida kurashning yunon-rum turi bo‘yicha polvonlar bahs olib borishdi. 17 dekabr sanasida ayollar o‘rtasida medallar shodasi uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. Chempionatning oxirgi ikki kunida kurashning erkin kurash turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston chempionatining bu galdagisi joriy yilning eng so‘nggi bahsi hisoblanadi.
2016 yil sarhisobi bo‘yicha, o‘tayotgan yil kurashchilarimiz uchun eng omadli va natijali bo‘ldi. Xususan, kurashchilarimizdan yunon-rum sport turi bo‘yicha Elmurod Tasmurodov, erkin kurash bo‘yicha Ixtiyor Navro‘zov hamda Magomed Ibragimovlarning Rio Olimpiadasidagi ishtiroki taqsinga sazovordir.

Fikrlar