Turk tennischilari Sabinaga bas kelolmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning eng kuchli tennischi qizi - Sabina Sharipova Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiritigan Turkiyadagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

 

Mohir tennischimiz musobaqaning birinchi bosqichida mezbonlar vakilasi Pemra O‘zgenni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Keyinda davrada ham o‘zbekistonlik tennischi turkiyalik Ayla Aksuga qarshi kortga chiqdi.

Roppa-rosa ikki soat davom etgan uchrashuvning birinchi setida Sabina raqibasiga 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, qolganlarida 7:6, 6:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Sabina Sharipova Turkiya kortlarida porlamoqda

Endi Sabina Sharipova yarim finalga chiqish uchun belaruslik Vera Lapko bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!