UFC 231 turniri o‘z nihoyasiga etdi
Мирзосолих Атаев
UFC 231 turniri natijalari.
Avvalroq xabar berganimizdek, Toronto shahrida UFC 231 turniri tashkillashtirildi. Bir necha daqiqalar oldin asosiy kard uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
Asosiy janglar natijalari:
Maks Xollouey to‘rtinchi raundda raqibi Brayan Ortegani texnik nokautga uchratdi va yarim og‘ir vazn chempionlik kamarini himoya qildi;
Valentino Shevchenko raqibi Joanna Endjeychik ustudin hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va ayollar o‘rtasida o‘ta engil vazn toifasida chempionlik kamari sohibiga aylandi;
Gunnar Nelson Aleks Oliveyrani og‘ritish usuli bilan mag‘lub etdi;
Kayl Bochnyak Xakim Davodu ustidan hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berdi;
Tiago Santos bahsning ikkinchi raundda Jimi Manuva ustidan g‘alaba qozondi.


Izohlar (0)