UFC jangchisi bokschi Devid Xey bilan kuch sinashadi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni britaniyalik Devid Xey kelasi yilning boshlarida mutloq janglar chempionati (UFC)da o‘z ishtirokini amerikalik Jimmi Manuvaga qarshi bellashuv bilan boshlaydi. Bu haqda Manuva so‘zlariga tayanib The Sun gazetasi ma’lum qilgan.
Avvalroq 36 yoshli bokschi TASS nashriga Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionlik kamarlar sohibi Entoni Joshua bilan 2018 yilda jang qilishni rejalashtirganini aytib o‘tgan edi. bundan tashqari u joriy yilning dekabrida yana bitta jang o‘tkazishni ham maqsad qilgan edi.
– Bizning jangimiz davom etadi. Men shuni xohlayman, u ham shuni istaydi, – deydi 37 yoshli sportchi Manuva. – U bu jangimizga qadar ikkita to‘qnashuv borligini aytdi. Bu kelasi yilning boshiga to‘g‘ri keladi.
Britaniyalik bokschi hisobida 28 g‘alaba (26 nokaut) va 3 mag‘lubiyat mavjud. Manuva UFCda 2012 yildan beri faoliyat yuritib keladi. U so‘nggi marta joriy yilning 29 iyulida ringga chiqqan va turkiyalik Volkan O‘zdemirga imkoniyatni boy bergan. Jami uning hisobida aralash yakkakurash janglarida 20 jang bor va shulardan 17 tasini (16 muddatidan oldin) g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, 3 marta mag‘lubiyat alamini tortishga majbur bo‘lgan.

Izohlar (0)