Uimbldon. Xayr, Dominika Tsibulkova
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Londonda “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Uimbldon. Uchinchi davra o‘yinlari start oldi
Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning ayollar o‘rtasidagi bahsida ham kecha uchinchi davra o‘yinlari start oldi.
Jahonning ikkinchi raketkasi Simona Xalep WTA reytingida 37-o‘rinda borayotgan Shuay Penni mag‘lub etdi.
Jahon tasnif jadvalida 9-o‘rinda ketayotgan slovakiyalik Dominika Tsibulkova esa o‘zidan 20 o‘rin past kelayotgan Anna Konyuxga imkoniyatni boy berdi va turnirdagi yurishini yakunladi.
Quyida kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlar va ularning natijasi bilan tanishtiramiz.
Simona Xalep (Rumyniya) – Shuay Pen (Xitoy) 6:4 7:6
Viktoriya Azarenko (Belarus) – Xizer Uotson (Buyuk Britaniya) 3:6 6:1 6:4
Karolin Garsiya (Frantsiya) – Medison Brengl (AQSh) 6:4 6:3
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – Mariya Sakkari (Gretsiya) 6:4 6:1
Elina Svitolina (Ukraina) – Karina Vittxeft (Germaniya) 6:1 7:5
Elena Ostapenko (Latviya) – Kamila Djordji (Italiya) 7:5 7:5
Vinus Uilyams (AQSh) – Naomi Osaka (Yaponiya) 7:6 6:4
Ana Konyux (Xorvatiya) – Dominika Tsibulkova (Slovakiya) 7:6 3:6 6:4.

Izohlar (0)