Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Uimbldon. Yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Izohlar: 0

Bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida to‘rtinchi chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning ayollar o‘rtasidagi musobaqasida bir qator qiziqarli qarama-qarshiliklar bo‘lib o‘tdi.

Avvaliga, Jahonning birinchi raketkasi Anjelika Kerberni turnirdan chiqarib yuborgan ispaniyalik Garbine Mugurusa chorak finalda rossiyalik Svetlana Kuznetsovani mag‘lub etdi va yarim finalga chiqdi.

Kerberning turnirdan chiqib ketishidan, Simona Xalep unumli foydalanib, jahon tennis tojini o‘ziniki qilishi mumkin edi. Buning uchun ruminiyalik raketka ustasi chorak finalda mezbon tennischisi Yoxanna Kontani mag‘lub etishi lozim edi. Biroq Xalep bu ishni uddalay olmadi va jahonning birinchi raketkasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.

Quyida shu va boshqa natijalar bilan tanishtiramiz.

Garbine Mugurusa (Ispaniya) – Svetlana Kuznetsova (Rossiya) 6:3 6:4

Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – Simona Xalep (Rumyniya) 6:7 7:6 6:4

Vinus Uilyams (AQSh) – Alena Ostapenko (Latviya) 6:3 7:5

Magdalena Rybarikova (Slovakiya) – Koko Vandevey (AQSh) 6:3 2:2

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q