Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Umidjon baribir shohsupani zabt etdi

Izohlar: 0

Erkin kurash bo‘yicha Hindistondagi Osiyo chempionatida 86 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Umidjon Ismanov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Iste’dodli polvonimiz dastlabki ikki uchrashuvda kambodjalik Vitu Xeng, Xitoy Taypeyi vakili Shao-Ven Vangni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa-da, yarim finalda qozog‘istonlik Azamat Dauletbekovga bir ochko farqi bilan yutqazib qo‘ygandi.

Umidjon Ismanov bronza medal uchun bo‘ladigan bahsda turkmanistonlik Ashot Mashuryan bilan bellashdi. Uchrashuvda 6:1 hisobida zafar quchgan hamyurtimiz terma jamoamiz hisobiga bronza medal qo‘shdi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q