Asosiy mazmunga oʻtish

WSB Uzbek Tigers

"Uzbek Tigers": Bahodir Jalolovning raqibi nima deydi?

Izohlar: 0

The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" bokschilari bugun Qozog‘istonning "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasiga qarshi ringga chiqadi.

Ushbu musobaqada mezbonlar sharafini himoya qiladigan og‘ir vaznli bokschi Kamchibek Konkabaev "Uzbek Tigers" vakili Bahodir Jalolov bilan kuch sinashadi. Qozog‘istonlik bokschi bu musobaqa qanday tayyorlangani haqida intervyu berdi.

- Men Qozog‘iston terma jamoasi safida AIBA akademiyasi tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib, mavsumga puxta tayyorlandim. U erda umumiy jismoniy tayyorgarlikdan tashqari maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlarini ham o‘tadik. Bundan tashqari, AQSh va Germaniyaning kuchli bokschilari bilan hamkorlikda yig‘in o‘tkazildi. Shuning uchun tayyorgarligim zo‘r, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Bu tayyorgarliklar WSB turnirida muvaffaqiyatli qatnashishimga xizmat qiladi. Muxlislarv a murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- Siz WSB turnirida ikkinchi mavsumni o‘tkazyapsiz. Yangi musobaqaga ko‘kinib qoldingizmi?

- Darhaqiqat, men o‘tgan yili bu musobaqada ringga chiqdim. WSB turniri boshqa formatdagi musobaqa bo‘lgani uchun biroz mushkul va murakkabroq. Tayyorgarlik ham yangicha usulda o‘tkaziladi. Boshida qiynaldim. Hozir esa hammasiga ko‘nikib ketdim.

- Bo‘lajak raqibingiz bilan avval kuch sinashganmimiz?

- 2015 yili Bahodir Jalolov bilan Bolgariyadagi "Strandja" turniri finalida ringga chiqqanman. O‘shanda uni mag‘lub etgandim. Bu an’anani navbatdagi jangda ham davom ettirishga harakat qilaman. Men o‘z raqibimning barcha kuchli va zaif tomonlarini bilaman, deb aytolmayman. Chunki faqat bir marotaba to‘qnash kelganmiz. U ham bo‘lsa ikki yil oldin bo‘lgan. Buyog‘iga nima bo‘lishini jang ko‘rsatadi.

- Siz o‘z jamoadoshlaringiz ishtirokidagi birinchi jangni ko‘rdingizmi?

- Yig‘in davomida "Astana Arlans Kazakhstan" bokschilarining Moskvadagi birinchi janglarini tomosha qildik. Yigitlar uchun muxlislik qildik ularni qo‘llab-quvvatladik. Safardagi g‘alaba hammamizni xursand qildi. Ana shu ruhda davom etishi kerak.

- WSB turnirining bu mavsumida nechta jang o‘tkazishni rejalashtiryapsiz?

- Men WSB turnirida ringga chiqish uchun doimo tayyorman. Agar har bir jangga qo‘yishsa, boks tushaveraman, muammo bo‘lmaydi. Lekin kimni ringga chiqarishni murabbiylar shtabi hal qiladi. Men esa jamoamga yordam berishga doim tayyorman va bundan faqat xursand bo‘laman.

Ma’lumot o‘rnida shuni eslatib o‘tamizki, Kamshibek Konkabaev hozirgacha WSB turnirida uch marta ringga ko‘tarilgan va ikkita jangda g‘alabaga erishib, bir marta mag‘lub bo‘lgan.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q