
Van Deyk effekti: nega Alisson “Liverpul”ga moslashib ketadi?
“Liverpul” Premer Liganing yangi mavsumi startini ajoyib tarzda boshladi va “qizillar” himoyasi ancha metindek ko‘rinmoqda.
O‘tgan mavsumda “qizillar” ichki chempionatda 38 gol o‘tkazib yuborgandi. Bu “Tottenxem”dan bitta ko‘p, “Byornli”dan bitta kam edi. Klopp shogirdlari ayni vaqtga kelib bir gol o‘tkazib yuborib olti gol urishga erishgan.
O‘tgan mavsum ko‘p sabablarga ko‘ra Muhammad Salohning samaradorligi tufayli katta yutuqlarga erishildi. Shunga qaramay mersisaydliklar himoya chizig‘ini ham tobora mustahkamlab borishmoqda. Klub himoyadagi muammolarni Virgil Van Deyk va yangi vakil Alisson bilan ancha to‘ldirishdi. Agarda nemis mutaxassisi Van Deykni “Sen Mari”dan ertaroq olib kelganida xatto Loris Karius ham muvaffaqiyatga erishgan bo‘larmidi. Boisi gollandiyalik himoyachining himoyadagi o‘rni tobora oshib bormoqda.
Van Deyk effekti: himoyadagi barqarorlik
Yanvar oyida “Suonsi”ga qarshi debyut uchrashuvini o‘tkazganidan beri Kloppning himoya chizig‘iga qayta ishonch va kafolat olib keldi. O‘tgan mavsum startidan boshlab “Liverpul” darvozasi tomon yo‘llangan zarbalar soni Van Deyk kelgach 1.3 tagacha kamaydi.
Klub yangi himoyachisi debyutini o‘tkazganidan beri 119 ta zarbani qabul qilib olgan. Bu o‘rtacha har bir o‘yinda 6.61 ga teng. Qishgacha esa “qizillar” 182 ta zarbani qabul qilgan. Bu o‘rtacha 7.91 degani. Demak, statistikaga qaraydigan bo‘lsak, farq 1.3 tagacha kamaygan.
Xullas 75 million evrolik himoyachi “Liverpul” bilan qatorasiga etti uy uchrashuvini quruq o‘tkazgan. Bu 2006-07-yilgi mavsumdan beri takrorlanmagan edi.
Klopp o‘ziga yangi Mats Xummelsni topib oldimi?
Yurgen Klopp “Borussiya Dortmund”da o‘ta yuqori bosimni uyushtiradigan jamoa shakllantirgan edi. Ushbu hujumkor uslubda markaziy himoyachilar hujumni shakllantirishi va o‘yinni boshqara olish qobiliyati sabab muhim figuralarga aylangandi.
Mats Xummels shu falsafaning muhim tarkibiy qismi hisoblanardi. U jamoaga nafaqat ortdan turib to‘pga egalik qilishni, balki aqlli tarzda himoyalanishni ham taqdim qilardi. Uning jismoniy ko‘rsatichlari ham Van Deykniki bilan bir xil. Ularning ikkalasi ham yarim himoyachi qobiliyatlariga ega.
Van Deyk Kloppning yashirin quroliga aylandi. U to‘pni bir pog‘ona yuqoriga uzatishda samarali va aniq harakat qilmoqda. Gollandiyalik himoyachi himoya chizig‘ini yarim himoyaga bog‘lashda muhim vazifani bajarmoqda.
Xavoda esa, ikkala himoyachi hukmron kuchga ega. O‘tgan mavsumda havodagi kurashlarda dunyoning eng qimmat himoyachisi eng zo‘ri bo‘ldi. Lovren, Matip yoki Klavanlar bu ko‘rsatkich bo‘yicha umuman maqtana olishmaydi.
“Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda “Liverpul” 13 bora havodagi duellarda g‘olib chiqdi. Shundan to‘qqiztasiga aynan gollandiyalik himoyachi hisobiga yozilgan.
Van Deykning “Sautgempton”dan kelganidan keyin ta’siri ortishi yangi jamoasi uchun faqat ijobiy bo‘lmoqda. O‘tgan mavsumda birorta himoyachi raqib zarbalarini to‘sishda uchalik jonbozlik ko‘rsatgani yo‘q.
“Liverpul”ning himoya chizig‘i o‘z hukmronligini to‘liq o‘rnata boshlagan Van Deyk bilan har qanday posbon ishonchli harakat qiladi. Shu sababli Alisson Kariusdan ko‘proq ijobiy yutuqlarga erishsa, bundan ajablanmaslik kerak.
Fikrlar