Vashingtonda kuchlilar nomi ma’lum bo‘ldi
31 iyul – 6 avgust kunlari AQSh poytaxti Vashington shahrida WTA turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Kecha sovrin jamg‘armasi 250 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Jahonning ikkiinchi raketkasi Simona Xalep jarohati bois rossiyalik Ekaterina Makarovaga qarshi bahsni oxiriga qadar tugata olmadi va turnirni tark etdi.
Quyida shu va boshqa natijalar bilan tanishasiz.
Ekaterina Makarova (Rossiya) – Simona Xalep (Rumyniya) 2:6 6:3 1:0
Osian Doden (Frantsiya) – Sabin Lisitski (Germaniya) 5:7 6:4 7:6
Yuliya Gerges (Germaniya) – Monika Nikulesku (Rumyniya) 6:3 6:4
Andrea Petkovich (Germaniya) – Byanka Andreesku (Kanada) 6:7 6:1 6:2.
Izohlar (0)