
WSB. "Cuba Domadores" chempion!
Ushbu shaharda yarimprofessional bokschilar o‘rtasida Butunjahon boks seriyasi (WSB) final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda "Astana Arlans" va "Cuba Domadores" jamoalari bosh sovrin uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Dastlabki kungi janglarda kubaliklar umumiy hisobda 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.
Bugungi janglarda ham qo‘shnilarimiz raqibga mag‘lub bo‘lishdi. Umumiy hisob - 7:3.
-52 kg: Saken Bibosinov - Xorxe Grinyan. Hakamlar qozog‘istonlik bokschining g‘alabasini bir ovozdan qayd etishdi;
-60: Zakir Safiullin - Lazaro Alvares. Hakamlar kubalik bokschining g‘alabasini bir ovozdan qayd etishdi;
-69: Aslanbek Shimbergenov - Roniel Iglesias. Hakamlar kubalik bokschining g‘alabasini bir ovozdan qayd etishdi;
-81: Bek Nurmaganbet - Xulio La Kruz. Hakamlar kubalik bokschining g‘alabasini bir ovozdan qayd etishdi;
+91: Kamshibek Ko‘nkabaev - Xose Larduet. Hakamlar kubalik bokschining g‘alabasini bir ovozdan qayd etishdi.
Fikrlar