Xabibulina finalda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etadigan turnir davom etmoqda.

Ushbu turnirninng juftlik bahslarida yurishini  davom ettirayotgan hamyurtimiz Albina Xabibulina finalga chiqdi.

Bugun tennischimiz yarim final doirasida sherigi Ipek O‘z bilan braziliyalik tennischilar – Rebeka Pereyra hamda Eduarda Piai duetiga qarshi kortga chiqdi.

1 soat 12 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Ipek/Albina dueti 6:2, 4:6, 10:3 hisobida g‘alabaga erishdi.

Endi ularga finalda Luka-Reka Yani(Polsha) / Sofiya Kovalets (Ukraina) dueti qarshi chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!