Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Xorvatiya "Devis kubogi"da g‘olib bo‘ldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Xorvatiya "Devis kubogi"ning ikki karra g‘olibi

Frantsiyaning Lill shahrida tennis “Devis Kubogi” musobaqasida g‘olibi jamoa aniqlandi.

Bosh sovrin uchun o‘tgan final uchrashuvida Frantsiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Musobaqaning so‘nggi kunida o‘tgan yakkalik bahsida g‘olib jomoa nomi muddatidan avval aniq bo‘ldi va beshinchi uchrashuv o‘tkazilmadi. 

Unda xorvatiyalik Marin Chilich mezbonlar vakili Lyuka Puyga qarshi kortga chiqib, 7:6, 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa Xorvatiya terma jamoasi raqiblarini 3-1 hisobida engib ikki karra "Devis Kubogi" g‘olibiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q